Darsning mavzusi: «Mediaahloq»

5-sinf uchun media- va axboriy savodxonlik bo‘yicha dars.

Mualliflar: S. Sulaymanova, D. Osmanova, M. Israil

Darsning maqsadi: mediaviy ahloq - netahloq haqida tushuncha berish.
Darsning turi: yangi materialni o'rganish va yangi bilimlarni birlamchi mustahkamlash.
Uskunalar: proyektor, noutbuk, rasmlar, kartochkalar, savatcha, smartfon.

Darsning bosqichlari:
1. Tashkiliy qism;
2. Motivatsiyaviy bosqich;
3. Bilimlarni dolzarblashtirish;
4. Darsning mavzusini aniqlash;
5. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash;
6. Darsning mavzusi bo'yicha ishlash;
7. Olingan bilimlarni birlamchi tekshirish;
8. Dars natijalarini sarhisob qilish. Faoliyatni tahlil qilish.

Rejalashtirilgan natijalar.
Shaxsiy: tengdoshlar va kattalar bilan hamkorlik qilish, media bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish, tarmoqda ahloqiy muloqot qilish ko‘nikmalari;
Metapredmetli: bo‘lgusi o‘quv faoliyati maqsadlarini, harakatlarning ketma-ketligini aniqlash, erishilgan natijalarni baholash va ularni og‘zaki va yozma shaklda mutanosib ifodalash, axborotni tanqidiy qabul qilish, ahloqiy muloqot qilish ko‘nikmalari;
Predmetli: tarmoq makonida samarali va ahloqiy muloqot qilish malakasiga ega bo‘ladilar.
Dars jarayoni
1. Tashkiliy qism. (1-slayd)
Assalomu alaykum, bolalar! Darsga tayyormisiz? Unda dDaftarlarni oching, bugungi sanani, sinf ishini yozing. Мы продолжим путешествие в мир медиа. Ребята, а вы знаете, что такое этикет? А что такое нетикет, знаете? Давайте разбираться?

2. Bilimlarning dolzarblashuvi.
Odob-ahloqning qanday qoidalarini bilasiz?
Vazifa (uyda tayyorlangan). Uch guruh  odob-axloq turli qoidalarini  kulgili tarzda sahnalashtirib, namoyish etadilar.

Hamma uchun vazifa.
Sahnalarni diqqat bilan tamosha qiling va sahnalarda kuzatilgan odob-axloq qoidalarini yozib oling. Va keyin odob qoidalari haqida sinfimizda kim ko'proq bilishini ko'ramiz.
Media - axborot nashuvchisi, axborot esa, biz o'rganadigan tushuncha.

3. Dars mavzusini aniqlash.
Vazifa. (Vazifalarning mazmuni ekranda aks ettiriladi).
Dars mavzusini daftarga yozing.
"Mediaviy odob-ahloq. Netahloq".

Shunday qilib, Siz Netahloq tarmoqdagi xatti-harakatlar meyorlari ekanligini tushungan bo'lsangiz kerak. Agar odob-axloq qoidalariga rioya qilmasangiz nima bo'ladi? (Ko'tarilgan qo'l bo'yicha javob).

4. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash.
Shunday qilib, tarmoqda xatti-harakatlar meyorlari ham mavjud va tarmoq odob-axloq qoidalari netahloq deb ataladi.

5. Dars mavzusi boyicha ish.
Xulq-atvor meyorlari ko'pincha jamoalarda o'rnatiladi, masalan, Telegram yoki Facebook guruhlarida Siz ular haqida guruh qoidalarida bilib olishingiz mumkin. Umuman olganda, o'zingizni madaniy tutishingiz kerak - qo'pol bo'lmang, xavfsizligingizni unutmang va tarmoqdagi anonimlik juda shartli narsa. Ya'ni, u yoki bu akkauntning ortida kim turganini aniqlash uchun har doim imkoniyat mavjud. Shuning uchun, bu yerda Siz ko'plab begonalar davrasida o'zingizni qanday tutsangiz, shunday harakat qilishingiz kerak.

Bundan tashqari, internetda o'zlarining bezorilari ham bor.
Xeyterlar-bu boshqa odamlarga qo'pollik, haqorat qilish va zarar yetkazish uchun sahifaga maxsus kiradigan odamlar. Xeyterlar juda xavflidir. Heiting nima ekanligini va, agar Siz xeyterning qurboniga aylangan bo'lsangiz, o'zingizni qanday tutishingiz kerakligini, Qlever platformasida "XeyterNET" o'yinini o'ynab, bilib olishingiz mumkin.

Internetda mavzudan tashqari ko'plab xabarlarni yuboradigan odamlar ham bor. Ushbu xatti-harakatlar "Fluding" deb ataladi - - inglizcha Flood - toshqin so'zidan olingan. Agar sharhlarda yoki muhim masalalarni muhokama qilishda biron bir bahsli vaziyat yuzaga kelsa, ular juda ko'p keraksiz sharhlar yozishni boshlaydilar va qandaydiri stikerlar, rasmlarni tashlaydilar -keraksiz axborot bilan sharhlar qatorini to'ldiradilar va suhbat mavzusiga qiziquvchilarning muloqotiga xalaqit beradilar. O'zini bunday tutish ahloqsizlik, madaniyatsizlik alomati ekanligi shubha tugdirmaydi..

Xulosa.
Tarmoqning o'ziga xos xulq-atvor qoidalari bor va ularni buzadigan tarmoq bezorilari ham mavjud.

Jismoniy tarbiya daqiqasi.
Yo‘lakchadan yuramiz
Oyoqchalar dam olsin,
Yo‘lakchadan yuramiz.
Bu esa, oson emas -
Partadan uzoqlashtirmas. (Joyida yurish.)
Boshni yelkaga tortaman,
Yelkaga dam beraman.
Har tomonga bir-ikki
Boshni aylantiraman. (Boshni o‘ngga va chapga aylantirish.)
Barmoqlarni yelkalarga qo‘yamiz,
Qo‘llarni aylantiramiz.
Bir aylana oldinga,
Keyingisi - orqaga,
Keyin esa, oldinga. (Qo‘llar yelkalarga qo‘yiladi, oldinga va orqaga aylantiriladi.)
Biroz mashq qilgan yaxshi
So‘ng darsga qaytgan yaxshi

Vazifa.
Keling, sinf chatimiz uchun qoidalarni tuzamiz. Har bir o'quvchi  bitta qoidani taklif qiladi. Qoidalar Mentimeterga yuklanadi. Talabalar ovoz berishadi - natijalar ekranda ko'rsatiladi.

Xulosa.
Xulq-atvor qoidalari nafaqat madaniyatli bo'lish uchun, balki muloqot foydali bo'lishi va unda hamma o'zini yaxshi his qilishi uchun ham zarur va muhimdir.

Izoh.
Siz juda zo'rsiz, endi Siz nafaqat haqiqiy hayotda, balki tarmoq muloqotlarida ham o'zini tutish qoidalariga rioya qilish muhimligini tushundingiz.

6. Olingan bilimlarni birlamchi tekshirish.
Biz MAS haqida ko'p narsalarni bilib oldik. Keling, bilimlarimizni yanada mustahkamlaylik.
Endi ekranda Siz chatdagi yozishmalarni ko'rasiz va tarmoq xulq-atvori qoidalari buzilganligini ko'rishingiz bilan, darhol qo'lingizni ko'tarasiz.

7. Darsni xulosalash. Faoliyatning tahlili.
Keling, xulosa qilaylik. Kim nimani eslab qoldi? Bitta jumladan aytamiz. (ko'tarilgan qo'l bo'yicha javob. To'liq javoblar yulduzcha bilan rag'batlantiriladi).

8. Tashkiliy qism: baholash.
Uyga vazifa - Siz tez-tez ishlatadigan emodzilarni chizish va ular nimani anglatishini yozishr.