Darsning mavzusi: «Mediaolamda qanday muloqot qilish kerak?»

5-sinf uchun media- va axboriy savodxonlik bo‘yicha dars.

Mualliflar: S. Sulaymanova, D. Osmanova, M. Israil

Darsning maqsadi: mediaolamda muloqot qanday tashkil etilganligi haqida tushuncha berish.
Darsning turi: yangi materialni o'rganish va yangi bilimlarni birlamchi mustahkamlash.
Uskunalar: proyektor, noutbuk, rasmlar, kartochkalar, smartfon.
Darsning bosqichlari:
1. Tashkiliy qism;
2. Motivatsiyaviy bosqich;
3. Bilimlarni dolzarblashtirish;
4. Darsning mavzusini aniqlash;
5. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash;
6. Darsning mavzusi bo'yicha ishlash;
7. Olingan bilimlarni birlamchi tekshirish;
8. Darsni xulosalash. Faoliyatning tahlili.
Rejalashtirilgan natijalar.

Shaxsiy: tengdoshlar bilan hamkorlik qilish, media bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari;
Metapredmetli: bo‘lgusi o‘quv faoliyati maqsadlarini, harakatlarning ketma-ketligini aniqlash, erishilgan natijalarni baholash va ularni og‘zaki va yozma shaklda mutanosib ifodalash, axborotni tanqidiy qabul qilish, mediada kommunikativ ko‘nikmalar;
Predmetli: o‘quvchilar haqiqiy va virtual muloqotni farqlashni or‘ganadilar, mediamuloqotning birlamchi ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar.
Dars jarayoni
1. Tashkiliy qism. (1-slayd)
Assalomu alaykum, bolalar. Kim darsga tayyor bo‘lsa, qo‘lini kotarsin. Daftaringizni oching, sanani, sinf ishini yozing. Bugun biz sizlar bilan birga internetdagi ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa makonlarga sayohat qilamiz. Nima deb oylaysiz, bizni maroqli sayohat kutyaptimi?

2. Motivatsiyaviy bosqich. (2-slayd)
Hozir ekranda  ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning logotiplarini ko'rasiz va agar sizda ushbu manbada akkauntingiz bo'lsa, qo'lingizni ko'tarasiz.
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar logotiplari keltirilgan taqdimot namoyish etiladi, ko'tarilgan qo'llar soni hisoblanadi. Natijalar Mentimetr taqdimotiga kiritiladi va grafik ekranda namoyish etiladi.

3. Bilimlarning dolzarblashuvi.
Qarang, ko'pchiligimiz ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda akkauntlarga egamiz. Keling, kvizni tashkil qilaylik va ular haqida qanchalik ko'p axborotga ega ekanligimizni ko'ramiz.
Vazifa.
Kahoot xizmatidagi kviz.

4. Dars mavzusini aniqlash.
Vazifa. (Vazifalarning mazmuni ekranda aks ettiriladi).
Dars mavzusini daftarga yozing.
"Mediaolamda qanday muloqot qilish kerak?"
Sizningcha, Internet jamoalari qanday bo'ladi? Ular juda turlicha.


Mehmonlar kitoblari - foydalanuvchilar bir-biri bilan muloqot qilishlari mumkin bo'lgan birinchi variantlardan biridir. Bu, odatda, saytdagi kichik chat.

Forumlar - aloqa uchun yaratilgan va turli mavzularga bag'ishlangan maxsus portallar.
Blog - nafaqat sharhlar qoldiradigan, balki blogerning postlarini bir-biri bilan muhokama qiladigan doimiy o'quvchilarga ega bo'lishi mumkin bo'lgan mualliflik kundaligi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi pabliklar - hozirgi paytda Internet jamoalari paydo bo'ladigan eng mashhur platformadir.(masalan, VKontakte guruhlari)

O'yin jamoalari - gildiyaga birlashgan onlayn o'yinlardagi o'yinchilarning guruhlari.
Ishga oid yozishmalar esa, elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Elektron pochtada Siz xatlarni o'chira olmaysiz va jo'nash vaqtini o'zgartira olmaysiz, ular saqlanadi va hujjatlar ko'pincha elektron pochta orqali yuboriladi.
Agar siz elektron pochta xabarlarini to'g'ri yozishni o'rganmoqchi bo'lsangiz va elektron pochta nima ekanligini va undan qanday foydalanish haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, Qlever.asia. platformasida Mail-master o'yinini o'ynang.
5. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash.

Qayerda va nima uchun muloqot qilishimiz mumkinligi haqida o'ylab ko'raylik. Stollaringizda qog'ozchalar bor, bir-biriga mos keladigan bo'lakchalarni chiziqlar bo'yicha ulang. Bir nechta chiziqlar bitta bo'lakchaga olib kelishi mumkin.
6. Dars mavzusi bo'yicha ish.
Haqiqatda muloqot qilsak, biz nafaqat so'zlar orqali, balki tana tili, yuz ifodalari va imo-ishoralar orqali ham gaplashamiz. Axborot tana tili bilan ifodalanganida: yuz ifodalari, imo - ishoralar, jestlar, tana holatlari ishlatilganda - noverbal muloqot deb ataladi. Va biz so'zlar yordamida uzatadigan axborot verbal deb nomlanadi. Tarmoqda biz ko'pincha suhbatdoshni ko'rmaymiz va u bizga u yoki bu xabarni qanday ohang bilan yozayotganini tushunolmaymiz, uning his-tuyg'ularini, ya'ni axborot uzatishning noverbal signallarini ko'rmaymiz. Emoji ko'pincha tarmoqdagi his-tuyg'ularni yetkazish uchun ishlatiladi.

Turli xil emojilarning ma'nosini bilasizmi? ("Emoji" taqdimoti)
Stolingizda turli xil emoji kartochkalari bor, Siz muloqotda eng ko'p foydalanadigan uchtasini tanlang.
Shuni esda tutish kerakki, dunyoda 200 dan ortiq mamlakat va kamida 4 ming ta til mavjud. Ammo nafaqat verbal til, nafaqat so'zlar va tovushlar, balki noverbal muloqot tili ham turli xalqlar orasida farq qiladi.
Xulosa.
Tarmoq turli insonlar bilan muloqot qilish uchun ishlatiladi. Ushbu muloqotning maqsadlari turlicha bo'ladi. Verbal va noverbal axborot mavjud. Emoji tarmoqdagi noverbal axborotni uzatishga yordam beradi.

Jismoniy tarbiya daqiqasi
Xayolparastlar
O'yinchilar ustunda birma-bir yurishadi, o'qituvchi har qanday narsani, hayvonni, o'simlikni (qayiq, bo'ri, stul va boshqalar)ning nomini baland ovoz bilan aytadi. Bolalar to'xtashadi va o'qituvchining aytgan so'zini yuz ifodalari, imo-ishoralar yordamida tasvirlashga harakat qilishadi . Eng qiziqarli timsol e'tirof etiladi.
Har bir o'yinchi o'z shaklini o'ylab topishga harakat qiladi.

Vazifa.
Sizningcha, virtual olamda muloqotda nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emas. Javoblaringizni kartochkalarga yozing va ularni savatchalarga soling. Bunisiga - nima qilish mumkin, unisiga esa, - nima qilish mumkin emas.

Xulosa.
Ofarin! Siz internetda turli insonlar bilan muloqot qilishingiz mumkinligini, lekin shu bilan birga doimo xushmuomala bo'lishingiz va har bir muloqot kanalidan maqsadga muvofiq foydalanishingiz kerakligini to'g'ri tushundingiz.

Izoh.
Barakalla, endi sizlar hayotimizda muloqot qanchalik muhimligini va tarmoqdagi muloqotning imkoniyatlarini to'g'ri boshqarish qanchalik muhimligini tushundingiz.

7. Olingan bilimlarni birlamchi tekshirish.
Biz endi mediamuloqot haqida ko'p narsalarni bilib oldik. Keling, bilimlarimizni yanada mustahkamlaylik.
Va buning uchun Kahoot o'ynaymiz.

8. Dars natijalarini sarhisob qilish. Faoliyat tahlili.
Keling, endi xulosa yasaymiz. Kim nimani eslab qoldi? Bitta jumla bilan ifodalaymiz (ko'tarilgan qo'l bo'yicha javob. To'liq javoblar yulduzcha bilan rag'batlantiriladi).

9. Tashkiliy qism: baholash.