Darsning mavzusi:
«MASni tushunish va asosiy tushunchalari»

5-sinf uchun media- va axboriy savodxonlik bo‘yicha dars.

Mualliflar: S. Sulaymanova, D. Osmanova, M. Israil

Darsning maqsadi: media- va axboriy savodxonlik haqida tushunchaga ega bo‘lish; MASning zamonaviy mediaolamdagi ahamiyatini ko‘rsatish.
Darsning tipi: yangi materialni o‘rganish va yangi bilimlarni birlamchi mustahkamlash.
Jihozlar: proyektor, noutbuk, namoyish, kartochkalar, savatcha.
Darsning bosqichlari:
1. Tashkiliy qism;
2. Motivasiyaviy bosqich;
3. Bilimlarni dolzarblashtirish;
4. Darsning mavzusini aniqlash;
5. Darsning maqsadlari va vazifalarini belgilash;
6. Dars mavzusi bo‘yicha ishlash;
7. Olingan bilimlarni birlamchi tekshirish;
8. Faoliyatning tahlili.
9. Uyga vazifa.
Darsning xulosalarini chiqarish.
Rejalashtirilayotgan natijalar.
Shaxsiy: tengdoshlar bilan hamkorlik qilish, media bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari;
Metapredmetli: bo‘lgusi o‘quv faoliyati maqsadlarini, harakatlarning ketma-ketligini aniqlash, erishilgan natijalarni baholash va ularni og‘zaki va yozma shaklda mutanosib ifodalash, axborotni tanqidiy qabul qilish, axborot manbalari bilan ishlash ko‘nikmalari;
Predmetli: o‘quvchilar media va axborotni farqlashni o‘rganadilar, axborot bilan ishlashning birlamchi ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Dars jarayoni
1. Tashkiliy qism. (1-slayd)

Assalomu alaykum, bolalar! Darsga tayyor bo‘lsangiz, qo‘lingizni ko‘taring. Daftarlarni oching, bugungi sanani, sinf ishini yozing. Biz media olamiga sayohatni davom ettiramiz. Bu juda qiziqarli, ammo o‘z sirlari va havf-xatarlari bo‘lgan juda rang-barang dunyo.

2. Motivasiyaviy bosqich. (2-slayd)

Siz xozirning o‘zida ushbu ajoyib olamda yashayapsiz va unda hafvsiz yashashni o‘rganishingiz kerak. Buning uchun esa, media va axboriy savodxonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak. Keling, media- va axboriy savodxonlik nima ekanligini o‘rganamiz.


3. Bilimlarning dolzarblashuvi.

Media bu nima va axborot deganda nimani tushunamiz?
Topshiriq (1-guruh uchun). (O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va ularga rasmlar to‘plami tarqatiladi.
Xamma uchun topshiriq.
Rasmlarni ikki toifaga: “Mediaga tegishli” yoki “axborotga tegishli”ga ajrating.
Guruh ichidan guruhning ishini taqdimot qiladigan, javoblarni asoslab beradigan 1 ta o‘quvchi tanlab olinadi. Barcha chiqishlar natijalariga ko‘ra o‘qituvchi to‘g‘ri javobni aytadi va izohlaydi. Media – axborot tashuvchisi, axborotni esa, bilib olamiz.

4. Darsning mavzusini belgilash.

Vazifa. (Vazifalarning mazmuni ekranga chiqariladi).
Darsning mavzusini daftaringizga yozib olsangiz.
“Media- va axboriy savodxonlik”.
Biz media va axborot nima ekanligini aniqlab oldik. Savodxonlik deganda nimani tushunasiz?
Ko‘tarilgan qo‘l bo‘yicha og‘zaki javob. O‘qituvchi xulosalaydi va javobni aytadi. O‘quvchilar doskadan daftarga “klaster”ni yozib olishadi.
Savodxonlik – bexato yozish, o‘qish qobiliyati, qaysidir sohada bilimlarga ega bo‘lish, komp'yuter savodxonligi, savodli mutaxassis, ma'lumotli bo‘lish, bilim.

5. Darsning maqsadlarini va vazifalarini belgilash

Mediasavodxonlik – axborotni to‘g‘ri va xavfsiz izlash, tahlil qilish va yaratish haqida.
Masalan, gar darsga tayyorlanishingiz kerak bo‘lsa, Siz axborotni qaerda izlaysiz? (ehtimoliy javob: darslikda, internetda). To‘g‘ri. Siz kitobni qo‘lga olasiz, balki kutubxonaga borasiz va qandaydir ma'lumotnomani olasiz, balki axborotni Internetdan izlab ko‘rishingiz mumkin. Internetda xamma axborot ham to‘g‘ri bo‘lavermasligini, tushunarsiz xavolalar bo‘yicha manbalarga kirish xavfli ekanligini doim esda tutish lozim. Kutubxonada Sizga kutubxonachi yordam beradi, ammo Siz ham unga qanday axborot izlayotganingizni to‘g‘ri tushuntira olishingiz kerak.
Va bu mediasavodxonlik ko‘nikmalarining kichkinagina bir qismi.
Kim o‘yinlar o‘ynasa, qo‘lini ko‘tarsin.
Nima deb o‘ylaysiz, o‘yin o‘ynayotganingizda, axborot olasizmi?
Ha, axborot olasiz. O‘yin qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik ko‘p axborot olasiz.
Keling, oddiy misolda (o‘yin parchasini namoyish qilish) o‘yin qanday axborotga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Shu sababli, mediasavodxonlik ko‘plab qismlarni o‘z ichiga oladi – har qanday axborotni qabul qilayotganda, savodli bo‘lish, ya'ni, uni qaerdan olayotganingni tushunish, axborot manbasi ishonchli emasligini, axborot senga nima maqsadda kerakligini, uni qanday ishlatishing mumkinligini, axborot xavfsizmi, yo‘qmi va bu axborotni boshqalar bilan o‘rtoqlasha olish mumkin / mumkin emasligini bilib olish zarur.

6. Darsning mavzusi bo‘yicha ish.

Doskada “MAS ekotizimi” namoyishi paydo bo‘ladi. O‘qituvchi bolalarga o‘yin qoidalarini tushuntiradi. (O‘yin qoidalari. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadilar va kubiklarni tashlaydilar, doira – MAS tarkibiy qismlari bo‘yicha siljib, yuradilar. Har bir doirada ular o‘z xulosasini shakllantirish kerak: masalan “Reklama savodxonligi – reklamaga to‘g‘ri munosabatga bo‘lish, darrov qiziqish bildirib, xarid qilish emas, balki bu mahsulot menga haqiqatda kerakmi / kerak emasmi, tahlil qilish”)
Xulosa.
Mediasavodxonlik – qayerda axborotga to‘qnash kelsak, o‘sha yerda to‘g‘ri o‘zaro ta'sir qilish (izlash, tahlil qilish va yaratish) qobiliyati.

Jismoniy tarbiya daqiqasi.
Yo‘lakchadan yuramiz
Oyoqchalar dam olsin,
Yo‘lakchadan yuramiz.
Bu esa, oson emas -
Partadan uzoqlashtirmas. (Joyida yurish.)
Boshni yelkaga tortaman,
Yelkaga dam beraman.
Har tomonga bir-ikki
Boshni aylantiraman. (Boshni o‘ngga va chapga aylantirish.)
Barmoqlarni yelkalarga qo‘yamiz,
Qo‘llarni aylantiramiz.
Bir aylana oldinga,
Keyingisi - orqaga,
Keyin esa, oldinga. (Qo‘llar yelkalarga qo‘yiladi, oldinga va orqaga aylantiriladi.)
Biroz mashq qilgan yaxshi
So‘ng darsga qaytgan yaxshi

Vazifa.
Inson axborot bilan to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan misollardan imkon qadar ko‘proq yozing (ko‘proq misollar yozgan o‘quvchi yulduzcha bilan rag‘batlantiriladi)

Xulosa.
MASning roli nimada? (Taxminiy javob: MAS kerakli axborotni tez topishga yordam beradi).
O‘quvchilar javoblari yozilgan kartochkalarni savatchaga soladilar.

Izoh.
Barakalla, endi sizlar axborotning hayotimizda qanchalik muhimligini, undan qanday foydalanish kerakligini va nima uchun media va axboriy savodxolik ko‘nikmalariga ega bo‘lish muhimligini tushundingiz.

7. Olingan bilimlarning birlamchi tekshiruvi.
Biz endi MAS haqida ko‘p axborotga ega bo‘ldik. Keling, endi bilimlarimizni mustahkamlab olamiz.
Buning uchun “media- va axboriy savodxonlik” iborasiga ma'no bo‘yicha aloqador so‘zlarni doirachaga olamiz:

8. Darsni xulosalash. Faoliyatning tahlili.
Xozir esa, keling, xulosalarni chiqaramiz. Kim nimani eslab qoldi? Bitta gapdan keltiramiz. (ko‘tarilgan qo‘l bo‘yicha javob. To‘liq javoblar yulduzcha bilan rag‘batlantiradi).

9. Tashkiliy qism: baholash.