Yangiliklar

MOJO nima va undan qanday foydalanish kerak?

Smartfon kuchli media vositasiga aylanishi mumkin. MOJO sessiyasida Summer MediaCamp-2023 ishtirokchilari nafaqat mobil fotografiyaning asoslarini bilan tanishishdi, balki uni amaliyotda qo‘llashga ham ulgurishdi.

Fotografiya - tasvir orqali hikoya qilish san’atidir. U kishidan tajriba va ijodkorlikni talab qiladi. Noyob kompozitsiyalar yaratishda qiziqarli rakurslar va noodatiy g‘oyalarni izlash, standart pozitsiyadan chetga chiqish kadrlarga yangicha nafas ulashadi.
Suratlarda his tuyg‘uni ask ettirish uchun lahzalarni boy bermaslik katta ahamiyatga ega. Soya va yorug‘lik, yorqin va to‘yingan ranglarga murojaat qilish sizga ajoyib vizual hikoyalarni yaratishga imkon beradi.

Montaj - real hayotdagi voqelikni video ketma-ketlik orqali yetkazishdir. To‘g‘ri tanlangan yo‘nalish, musiqa va ovoz effektlari videoni yaratishdagi asosiy qadamlardan biridir.