Yangiliklar

“Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” media maktabining 3-modulu o’z ishini boshladi.

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi va Winrock jurnalistlar hamda davlat va nodavlat idoralari matbuot xodimlari uchun xavfsiz migratsiya masalalarini samarali yoritish, muloqot qilish boʻyicha Media maktabini oʻtkazmoqda.

Ochilish marosimida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik, Odam savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Nasretdinov, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori Saida Sulaymonova tabrik so‘zi bilan chiqish qildi. Tadbirda, shuningdek, USAIDning Demokratiya boʻyicha Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Fey Hazelkorn, USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi loyihasi mutaxassisi Ruslan Ramanov va USAID/Winrock xavfsiz migratsiya boʻyicha Markaziy Osiyodagi koordinatori Nodira Saidkarimova ham ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar mehmonlarga loyiha ishlarining qoralamalarini taqdim etdilar va Media maktabning oldingi ikki modulida nimani o‘rganganliklari va bu bilimlar ularga loyihalarni amalga oshirishda qanday yordam bergani haqida gapirib berdilar.
Modul so'ngida jamoalarning loyihalari hakamlar hay'ati e'tiboriga taqdim etiladi. Eslatib oʻtamiz, Media maktab doirasida amalga oshirilayotgan
media-loyihalar ishtirokchilar tomonidan guruhlar kesimida, uch oy davomida oflayn+onlayn rejimda tayyorlandi.