Yangiliklar

Summer MediaCamp-2023 talabalarning Mediasavodxonlik yozgi oromgohi boshlandi

70 odam, ularning 50 nafari ishtirokchi, 9 ta trener, 2 nafar tarjimon, katta tashkiliy jamoa va koʻngillilar allaqachon bir-birlari bilan tanishib ulgurishdi hamda Mediasavodxonlik dunyosida oʻz sarguzashtlarini boshladilar.

💡Ushbu oromgoh OAV sohasida faoliyat olib boruvchi insonlarning 27-iyun kuni nishonlanuvchi kasb bayrami - “Matbuot va ommaviy axborot vositalari hodimlari kuni” bayramiga oʻzaro bogʻliq holda tashkillandi.
🏆Summer MediaCamp-2023 ning asosiy maqsadi sizni mediani yaxshiroq tushunishga va ajoyib kontent yaratishga o‘rgatishdir. Lager ishtirokchilarga hafta davomida o‘rganish va ijod qilish uchun katta ijodiy platforma vazifasini oʻtaydi.

🔔Oromgohning boy va rang-barang dasturi, oʻquv mashgʻulotlari, ijodiy seminarlar va amaliy laboratoriyalar, norasmiy muloqot uchun qulay media zonalari, shuningdek, koʻngil ochish uchun oʻyin va interaktiv sessiyalarni oʻz ichiga oladi.