Yangiliklar

Multimedia va vizualizatsiya vositalari

💡Ajoyib vizual tasvirlar, jozibali taqdimotlar yoki interfaol infografika qanday yaratilgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Zerikarli raqamlarni dinamik grafikaga aylantirishingiz, fotosuratlarga effektlar qo'shishingiz yoki hayajonli videolar yaratishingiz mumkin bo'lgan dunyo haqida-chi? 🪄

Bugun Summer MediaCamp-2023 da ishtirokchilar ta’sirchan kontent yaratish uchun turli platformalari bilan tanishdilar. Mana ulardan ba'zilari:

✔️Datawrapper, InfoGram va Flourish Studio - bu grafiklar, diagrammalar va horoplet xaritalari kabi ma'lumotlar vizualizatsiyasini yaratish uchun mo'ljallangan vositalar.

✔️Canva, KnightLab (JuxtaposeJS, Soundcite, Scene, Timeline, Storytelling), Upscale Media, Watermarkremover va D-ID Studio taqdimot, audio, foto va video imkoniyatlarini taqdim etadi.

✔️Tilda - bu veb-saytlar va interaktiv sahifalar yaratishda yordam beradigan konstruktordir.