Yangiliklar

Summer MediaCamp-2023 yozgi talabalar oromgohi muvaffaqiyatli yakunlandi!

Endi “Faktcheking vositalari haqidagi eng yaxshi post” tanlovining uch nafar g‘olibni e’lon qilish vaqti keldi! G‘oliblar munosib esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.

Birinchi o‘rin sohibi Ibroxim Ismoilov “Smart” soatni qabul qilib oldi. Ikkinchi o‘rin uchun Power bank sovrinini qo‘lga kiritgan Asel Abatovani ham tabriklaymiz. Uchinchi o‘rin egasi Zilola Jamolovaga esa simsiz quloqchinlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, biz “Eng yaxshi ijodiy mediasavodxonlik videosi” tanlovini o‘tkazdik va g‘oliblar tez orada e’lon qilinadi.

📌Biz barcha g'oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga faollik uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Barchangizga media olamida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!